Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Toshkent davlat transport universitetiga umumiy qiymati 13 million yuan (taxminan 1,8 million AQSh dollari) miqdorida ta’lim granti ajratdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lumotiga ko’ra, mazkur grant dasturi orqali o’zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Dastur doirasida 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavriat bosqichi talabalarining o‘qishi moliyalashtiriladi.
Ta’lim dasturlari “1+1” magistratura va “2+2” bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning muhim natijalaridan biri bo‘lib, u yosh avlodga xalqaro tajriba orttirish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda nufuzli diplom olish imkoniyatini yaratadi.
