So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan tuzilgan kvotalar loyihasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bu hujjatlar — rasmiy kvotalar emas, balki universitetlarning ichki rejalashtirish doirasida qabul komissiyalariga taqdim etiladigan dastlabki variantlar xolos.
Eslatma, magistratura bo‘yicha rasmiy kvotalar hali e’lon qilinmagan!
O‘tgan yili esa magistratura mutaxassisliklari uchun kvotalar 21-iyul kuni e’lon qilingan edi.
Tez orada davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan magistratura qabul kvotalari rasmiy manbalar orqali e’lon qilinishi kutilmoqda.
