Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida kasbiy imtihonlar yakunlandi

Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida kasbiy imtihonlar yakunlandi

 2025-yil 20–21-iyul kunlari Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi. Imtihonlar badiiy gimnastika (20-iyul) va sport gimnastikasi (21-iyul) yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

 

 

Mazkur imtihonlarda o‘z salohiyatini sinab ko‘rgan iqtidorli qizlar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, moslashuvchanligi va texnik mahoratini namoyon etdi. Jarayonlar sport standartlariga mos ravishda, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

 

 

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabiga bu yil 202 nafar talabgor hujjat topshirgan bo‘lib, har bir o‘rin uchun o‘rtacha 8 nafar nomzod da’vogarlik qilgan. Bu esa tanlovning qanchalik raqobatli bo‘lganini ko‘rsatadi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, sport maktablariga qabul ikki bosqich asosida amalga oshiriladi:

 

  • Kasbiy (ijodiy) imtihon

  • Test sinovi

 

 

 Test sinovlari 2025-yil 22-iyul kuni soat 10:00 da boshlandi.

 

 

 Umuman olganda, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga jami 582 nafar talabgor hujjat topshirgan:

 

  • 380 nafar — Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi

  • 202 nafar — Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi

 

 

Har bir maktabga 24 nafardan, jami 48 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 

  

 

Endilikda barcha imtihon natijalari umumlashtirilib, hakamlar hay’ati tomonidan eng munosib va iqtidorli nomzodlar tanlab olinadi.