2025-yil 1-sentyabridan boshlab, Kanada taʼlim vizasini olish uchun ariza topshirayotgan talabalar bank hisobida kamida 22 895 kanada dollariga ega boʻlishlari kerak.
Kanada hukumati, mamlakatdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni rejalashtirgan chet ellik talabalar uchun talab qilinadigan moliyaviy taʼminot miqdorini oshirib, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab talab qilinadigan minimal summa 22 895 kanada dollari (16 728 AQSH dollari) qilib belgilandi. Bunga koʻra, yangi talab 2260 kanada dollari (1650 AQSH dollari) miqdorida oshadi.
Oʻzgarishlar, asosan, mamlakatdagi inflyatsiya oʻsishi bilan bogʻliq ekanligi aytilgan.
Avvalgi kabi, taʼlim vizasi uchun hujjat topshirishda talaba oʻzining oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yetarli mablagʻ borligini tasdiqlashi kerak.
Shuningdek, agar talabalar bilan birga oʻqishga keladigan oilaviy aʼzolar boʻlsa, talab qilinadigan summa oilaning soniga qarab oshadi.
