Mashhur shaxslar rivojlanishida “Montessori” pedagogikasining o‘rni

Mashhur shaxslar rivojlanishida “Montessori” pedagogikasining o‘rni

Doktor Endryu Makafi dunyodagi mashhur milliarderlarning hayotini o‘rganib, ko‘plariga italiyalik pedagog «Mariya Montessori» ta’lim usulining ta’siri bo‘lganini aniqlagan.

 

 

Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin ota-onalarining ilmiy darajasi emas, balki Montessori maktablarida ta’lim olganliklari muvaffaqiyatlarining kaliti ekanini aytishgan. Ularning fikricha, bu ta’lim usuli ularga mustaqil fikrlash, o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishishga intilishi va yangicha yondashuvlarni o‘rgatgan.

 

 

Montessori sinflari bolalarga erkinlik beradi. Ular o‘z qiziqishlariga ko‘ra mashg‘ulotlarni tanlaydi. Har bir bolaning rivojlanishi e’tiborga olinadi, bolani boshqalar bilan solishtirish yoki bosim yo‘q.

 

 

Mashhur amerikalik milliarder Jeff Bezos ham bolaligida shu tizimda o‘qib, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turgan.

 

 

Ushbu o‘qitish tizimi asoschisi Mariya Montessori 1870-yil 31-avgust kuni Italiyadagi Chiaravalle nomli kichik shaharchada dunyoga kelgan. 1906-yilda Rimda birinchi maktabini ochib, qat’iy jadval, baho qo‘yish, darsliklarga qat’iy amal qilish kabi an’anaviy o‘qitish usullarini bekor qilgan.

 

Mashhur shaxslar rivojlanishida “Montessori” pedagogikasining o‘rni

Mashhur shaxslar rivojlanishida “Montessori” pedagogikasining o‘rni

 

Shuningdek, u insonparvarlik, shaxsga bo‘lgan hurmat va tarbiya erkinligi g‘oyalariga asoslangan o‘ziga xos pedagogik tizimni yaratgan. Italiyalik shifokor, pedagog, olima bo‘lgan ushbu ayol YUNESKO qarori bilan XX asrda pedagogik fikrlash uslubini aniqlashga hissa qo‘shgan insonlar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Montessori usuli o‘quvchilarga erkinlik berib, yuqori natijalar olish imkonini yaratadi. 2006-yilda AQShda olib borilgan tadqiqot ham Montessori metodining samaradorligini tasdiqlagan. Bugungi kunda ko‘plab texnologik milliarderlar aynan Montessori ta’limidan ilhomlanib, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirmoqda.