Ertaga, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo’nalishi uchun kirish imtihonlari bo’lib o’tadi.
Shu sababli kirish imtihonlarida ota-onalardan quyidagi tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi:
— Farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
— Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
— Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.
Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!
Ma’lumot uchun: Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
— 1-smena: soat 8:00 da
— 2-smena: soat 12:00 da
— 3-smena: soat 17:00 da
Savollar bo‘yicha 1206 ga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
