2025-2026-o‘quv yilgi ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun ixtisoslik fanlari ro‘yxatlari tasdiqlandi

2025-2026-o‘quv yilgi ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun ixtisoslik fanlari ro‘yxatlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yilgi 26-iyun kunidagi 209-sonli ‘‘Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risida’’gi buyrug‘i tasdiqlandi.

 

 

Unga ko‘ra, 9-11-sinflarning turli ta’lim tillarida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ixtisoslik fanlari ro‘yxatlari tuzilgan. Bu doirasida quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:

 

 

Ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ixtisoslik fanlari ro‘yxati va 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasi 1-ILOVAga muvofiq;

 

 

Ta’lim rus tilida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ixtisoslik fanlari ro‘yxati va 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejasi 2-ILOVAga muvofiq;

 

 

Ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tilida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o„rta ta‟lim maktablarining ixtisoslik fanlari ro‘yxati va 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan birinchi namunaviy o‘quv rejasi 3-ILOVAga muvofiq;

 

 

Ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tilida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ixtisoslik fanlari ro‘yxati va 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ikkinchi namunaviy o‘quv rejasi 4-ILOVAga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan.

 

 

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (G.Kojabayeva) bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy o‘quv rejalarini mazkur buyruq bilan tasdiqlangan o‘quv rejalarga muvofiq ishlab chiqilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi qayd etilgan.