Rossiyada ikki ta’lim muassasasining litsenziyasi bekor qilindi va bitta oliygohga qabul taqiqlandi

Rossiyada ikki ta’lim muassasasining litsenziyasi bekor qilindi va bitta oliygohga qabul taqiqlandi

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, Rosobrnadzor quyidagi ta’lim muassasalarining litsenziyalarini bekor qildi va bir oliygohga talabalar qabulini taqiqladi:

 

 

2011-yil 4-maydagi №99-FZ “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Federal qonunga asosan, quyidagi OTMlarning ta’lim faoliyati litsenziyalari bekor qilindi:

 

 

Xususiy oliy o‘quv yurti — “Janubiy menejment instituti”;

 

 

Nodavlat xususiy oliy ta’lim muassasasi — “Radioelektronika, servis va diagnostika instituti”.

 

 

2012-yil 29-dekabrdagi №273-FZ “Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida”gi Federal qonun hamda Rosobrnadzor ko‘rsatmasining bajarilmaganligi sababli, Nodavlat oliy ta’lim muassasasi “Dog‘iston tibbiyot stomatologiya instituti”ga talabalar qabul qilish taqiqlab qo‘yildi.