Andijon davlat universiteti: Rektor, bosh hisobchi va boshqa bir nechta mansabdorlar qamaldi

Andijon davlat universiteti: Rektor, bosh hisobchi va boshqa bir nechta mansabdorlar qamaldi

Andijon davlat universitetining bir guruh mansabdor shaxslari jinoiy rejalar tuzib, davlat budjeti mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblangan. Ushbu holat universitetda 27 yil davomida bosh hisobchi lavozimida ishlagan A.Makhmudov, sobiq rektor A.Yo‘ldoshev va yana 11 kishining ishtirok etgan. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.

 

 

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchilar 53,6 milliard so‘m davlat mablag‘larini turli xil usullari: kontrakt, rag‘batlantirish va yotoqxona pullarini o‘zlashtirish orqali talon-toroj qilishgan. Ba’zi holatlarda, talabalar imzolari va boshqa hujjatlar ham qalbakilashtirilgan.

 

 

Andijon davlat universitetidagi ushbu jinoiy ish bo‘yicha 13 kishi ayblanmoqda, ular orasida 1998 yildan beri bosh hisobchi lavozimida ishlagan A. Makhmudov, sobiq rektor A. Yo‘ldoshev, hisobchilar, bosh auditor, o‘qituvchilar va boshqa shaxslar mavjud.

 

 

2019-2023 yillar davomida 8 ta holatda stipendiya oluvchi talabalar soni sun’iy ravishda oshirilgan. Talabalar imzolarini qalbaki qilib, 32 milliard 94 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilingan, rag‘batlantirish pullarini o‘zlashtirish uchun 2 milliard 697 million so‘m mablag‘lari shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkazilgan.

 

 

Shuningdek,14 milliard 408 million so‘m miqdoridagi to‘lov-kontakt pullarini soxta ma’lumotlar bilan to‘langan deb ko‘rsatilgan, va yotoqxona uchun to‘langan 2 milliard 663 million so‘m mablag‘ ham qalbaki hujjatlar bilan universitetga kirim qilingan.

 

Sud hukmi qanday bo’ldi?

 

Sodir etilgan jinoyatlar va moliyaviy firibgarliklar natijasida, sud tomonidan 12 nafar shaxs jinoyatda aybli deb topildi. Shu jumladan, bosh hisobchi A. Makhmudov 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, sobiq rektor A. Yo‘ldoshev esa 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

 

Andijon davlat universitetiga 53 milliard 698 million so‘m zarar yetkazilgan. Shuningdek, ayblanuvchilar tomonidan qaytarilgan mablag‘lar orqali zarar qoplanmoqda. A. Makhmudov 31 milliard so‘mni, A. Yo‘ldoshev esa 1 milliard so‘mni qoplagan. Bundan tashqari, olingan 7 ta avtomobil va boshqa ko‘chmas mulklar sotib, zarar qoplashga yo‘naltirilmoqda.