Rossiya taʼlim vaziri MDH davlatlari tarix darsligida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat borligini bildirdi

Rossiya taʼlim vaziri MDH davlatlari tarix darsligida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat borligini bildirdi

Rossiya taʼlim vaziri Sergey Kravsov Davlat Dumasidagi majlisda soʻzga chiqib, MDH ayrim mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat bildirilgani, ayniqsa, bu sovet davriga toʻgʻri kelishini aytdi.

 

“Tarix darsliklariga kelsak, bir qator davlatlar tarixini koʻrib chiqishda tarixiy materialni tarixiylik va xolislik tamoyillariga rioya qilmasdan taqdim etishda maʼlum qiyinchilik va muammolar mavjud. Bu, birinchi navbatda, bizning umumiy oʻtmishimizga, respublikalar hududining Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan davriga taalluqlidir, bu esa, umuman olganda, Rossiyaga nisbatan salbiy xususiyatga ega”, — degan Kravsov.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Taʼlim vazirligi MDH davlatlarining tegishli vazirlari bilan yagona tarixiy oʻtmishni talqin qilish boʻyicha yondashuvlarni kelishish ustida ishlamoqda. Bu gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

 

 

Kravsovning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya ushbu davlatlar bilan birgalikda “yagona taʼlim, madaniy va ruhiy makon qurmoqda” va shunga mos ravishda “hamma bir-birini tushunadigan va yaxshi qoʻshnichilikka sodiq boʻlgan Yevroosiyo qitʼasining kelajagini ham”.

 

«Biz birgalikda yagona ta’limiy, madaniy va ma’naviy makon barpo etmoqdamiz. Bu esa, o‘z navbatida, Yevrosiyo qit’asida o‘zaro anglashuv, yaxshi qo‘shnichilik va aholi farovonligining ortishiga xizmat qiladi», — deya ta’kidlagan vazir.

 

Kravsov boshqa mamlakatlardagi tarix darsliklari haqida birinchi marta gapirayotgani yoʻq. Avvalroq, u “qator mamlakatlarning bir qator tarix darsliklarida tarix buzib koʻrsatilganini” taʼkidlagan. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tarix darsliklarida “hech qanday tajovuz, dushmanlik ruhi yoʻq”, faqat “faktlar taqdimoti, tarixiy haqiqat” bor.