QO‘QON Universiteti

Qoʻqon universiteti — Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi va Oʻzbekistondagi birinchi nodavlat universiteti Universitet shahar markazida joylashgan. Qoʻqon universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 683-son „Qoʻqon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida“ qarori bilan tashkil etilgan

 

 

Universitetda Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan — 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan talabalar tahsil olishadi.

 

 

Turli darajadagi va turli mohiyatga ega boʻlgan tadqiqotlarni oʻtkazishga tayyor boʻlgan, ijodiy va oʻziga xos yondashuvlarga asoslangan innovatsion va kreativ qarorlarni qabul qila oladigan yangi avlod mutaxassislari va biznes rahbarlarini tarbiyalash.

 

 

Qoʻqon universitetiga Oʻzbekiston Respublikaning Qoʻqon shahrida dunyoning 1000 ta yetakchi universitetlari reytingiga kiritilgan birinchi nodavlat oliy oʻquv yurtini tashkil etish vazifasini oʻz oldiga qoʻygan respublikaning yosh va ilgʻor bir guruh tadbirkorlarining tashabbusi bilan asos solindi.

 

 

Shu maqsadda 2019 yilda universitet yaratish uchun tashabbuskor guruh tuzildi. Shuning uchun Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi universitetlari, xususan Janubiy Koreyaning Vusong universiteti bilan aloqalar oʻrnatildi.

 

 

2019 yil 17 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoʻqon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

 

 

Sentabr oyida universitetni tashkil qilish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalar hal qilindi, xususan, universitetni boshqarish uchun yuqori darajali taʼlim menejerlari taklif etildi, talabalar universitetga qabul qilindi.

Litsenziya raqami : № OT 0030
( Yuklab olish )

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры