Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish “miya chirishini” keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish “miya chirishini” keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

Talabalar sun’iy intellekt vositalarining aqliy rivojlanishga salbiy ta’siri va to‘laqonli ta’limni siqib chiqarishi mumkinligidan tobora ko‘proq xavotirga tushmoqda. Sun’iy intellektni rivojlantiruvchi Anthropic kompaniyasi bu boradagi muammolarni hal etishga harakat qilmoqda.

 

 

Anthropic’da sun’iy intellekt va ta’lim yo‘nalishlarini boshqaruvchi Dryu Bentning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt «qisqartirilgan yo‘l»ni taklif qiladi — bu esa o‘quv jarayonining muhim bosqichlarini chetlab o‘tib, odamning kognitiv rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

 

U bu holatni ingliz tilida keng tarqalgan “brainrot” atamasi bilan izohladi — bu atama haddan tashqari raqamli vositalardan foydalanish natijasida diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi va ruhiy salomatlik buzilishi kabi holatlarni anglatadi.

 

 

Mutaxassisning fikricha, sun’iy intellekt o‘quvchilarning fanga chuqur sho‘ng‘ishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, hatto ular mavzuni halol va puxta o‘zlashtirishni istasa ham. Anthropic tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ko‘plab talabalar tayyor sun’iy intellekt yechimlariga qarshi tura olmasliklarini tan olishgan.

 

“Claude” chat-boti uchun maxsus “Ta’lim rejimi” ishlab chiqildi

 

Shu muammoga javoban, Anthropic o‘zining “Claude” nomli chat-boti uchun “Ta’lim rejimi” deb nomlangan yangi funksiyani ishlab chiqdi. Bu funksiya foydalanuvchiga tayyor javobni bermaydi, balki uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi kabi harakat qiladi.

 

Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish “miya chirishini” keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

 

U savollarga javob topishga yordam beradi, muayyan savollar va misollar orqali mustaqil fikrlashni rag‘batlantiradi va talabalar kognitiv salohiyatining saqlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, Claude adabiyotlar sharhini kerakli manbalar bilan to‘g‘ri formatda shakllantira oladi.

 

 

Tadqiqotlar: Sun’iy intellekt ta’limda foydali, lekin xavfli jihatlari ham bor

 

Ilmiy tadqiqotlar sun’iy intellekt vositalari ta’limda ham foydali, ham xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shaxsiy yordamchi sifatida yoki moslashtirilgan o‘quv muhitlarida sun’iy intellekt ayniqsa o‘quvda qiynalayotgan talabalar uchun katta yordam beradi.

 

 

Anthropic tadqiqotchilarining fikricha, oliy ta’lim muassasalarida talabalar murakkab kognitiv topshiriqlar — masalan, tahlil va fikr yuritish kabi jarayonlarni sun’iy intellekt zimmasiga yuklashga moyil, oddiyroq vazifalar esa kamroq avtomatlashtiriladi.

 

Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish “miya chirishini” keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

 

AQShda ChatGPT’dan foydalanish ikki baravarga oshgan

 

Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish tobora ortmoqda. Pew Research tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada AQShdagi 1391 nafar o‘rta maktab o‘quvchisining 13 foizi 2022-yilda ChatGPT’dan foydalanishini bildirgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 26 foizga yetgan — ya’ni ikki baravar o‘sish kuzatilgan.

 

 

Oliy ta’limdagi holat ham o‘zgarib bormoqda. 2023-yil avgust oyida Garvard talabalar uyushmasi tomonidan 326 nafar talaba o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, talabalarning deyarli 90 foizi generativ sun’iy intellektdan foydalanadi, ularning yarmi esa kamida har ikki kunda bir marta bu vositalardan foydalanadi.