Sirdaryoda ikki o‘quvchini o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi (video)

Sirdaryoda ikki o‘quvchini o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi (video)

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ikki nafar maktab oʻquvchisini oʻlimiga sababchi boʻlgan 24 yoshli haydovchiga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, haydovchi Paxtobod–Yangiobod yoʻnalishida otasining mashinasida harakatlanayotib, oldinda ketayotgan avtomobildan qochish maqsadida tezlikni oshirib, rulni keskin burgan. Natijada yoʻl chetida ketayotgan ikki nafar maktab oʻquvchisini urib yuborgan. Bolalar ogʻir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

 

Sud jarayonida jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari ayblanuvchiga eng ogʻir jazo berilishini soʻragan.

 

 

Sud hay’ati haydovchini aybdor deb topib, uni 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Shuningdek, u 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan cheklangan.