Buxoroda uchastka noziri voyaga yetmagan bolani qiynoqqa soldi (video)

Buxoroda uchastka noziri voyaga yetmagan bolani qiynoqqa soldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanida IIB noziri o‘z xizmat xonasida voyaga yetmagan bolani qiynoqqa solayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

 

Unga ko‘ra, bola go‘yoki bog‘dan o‘rik o‘g‘irlayotgan paytda “uchastkovoy” uni ushlab olgan.

 

 

Bolalar ombudsmani tomonidan mazkur videodagi holat bo‘yicha tegishli tekshiruv o‘tkazish va bolaga nisbatan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rov kiritilgan.

 

‘‘Hozirda holat Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Bolalar ombudsmani har qanday vaziyatda bolaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lish shartligini ta’kidlagan holda, bolaning huquqlarini qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga qonun doirasida qat’iy chora ko‘rilishi zarurligini bildiradi’’, — deyiladi munosabatda.