Germaniyada 6 yoshdan boshlab pensiya jamgʻarmasi ochish taklif qilindi

Germaniyada 6 yoshdan boshlab pensiya jamgʻarmasi ochish taklif qilindi

Germaniyada maktab o‘quvchilariga har oyda 10 yevro ajratish taklifi ilgari surildi. Bu haqda CNBC nashri xabar berdi.

 

 

Unga ko‘ra, 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilariga har oy davlat tomonidan 10 yevro (taxminan 11 dollar) beriladi — bu 12-yil davomida har bir bolaga jami 1,440 yevro boʻladi. So’ng ularning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Shuningdek, ushbu mablagʻlar investitsiya qilinsa, qoʻshimcha foyda ham yigʻilishi mumkin.

 

 

18 yoshga kirganlar shundan keyin oʻzlarining shaxsiy mablagʻlarini ham belgilangan yillik chegaralar doirasida hisobga qoʻshishi mumkin. Har qanday daromad pensiyagacha soliqsiz boʻladi, pensiyaga chiqqanlar esa mazkur mablagʻni olish imkoniga ega boʻladi.

 

 

Germaniyada hozirgi pensiyaga chiqish yoshi 67 bo‘lib, bu yosh kelajakda yana oshirilishi mumkin. Demak, bu tejamkorlik 60 yildan ortiq vaqt davomida yigʻilishi mumkin.

 

Germaniyada 6 yoshdan boshlab pensiya jamgʻarmasi ochish taklif qilindi

 

Siyosatchilarning fikriga koʻra, bu tashabbus nafaqat yoshlarni kelajakka tayyorlash uchun, balki ularni pul, tejamkorlik va investitsiya haqida xabardor va bilimli qilishga yordam beradi.

 

Haqiqiy reja boʻlish ehtimoli?

 

Hozirgacha koʻp tafsilotlar aniq emas. Tejamkorlik mablagʻlari qanday investitsiya qilinadi va kim ularni boshqaradi, hali maʼlum emas.

 

 

Baʼzi mutaxassislarning fikriga koʻra, bu investitsiyalar umumiy miqdorda har bir shaxs uchun katta pul boʻlmasligi mumkin. Berlindagi DIW tadqiqot institutining jamoat iqtisodiyoti boʻlimi oʻrinbosari Yoxannes Geyer CNBCga aytib oʻtganidek, bu summa asosan ramziy hisoblanadi.

 

 

Germaniyada 6 yoshdan boshlab pensiya jamgʻarmasi ochish taklif qilindi

 

Uning fikriga koʻra, bu siyosat odamlarni moliyaviy xavfsizlik haqida erta oʻylashga undash va kapital bozorlariga qiziqishini oshirish uchun xizmat qilishi mumkin, ayniqsa bu mavzuda oilada suhbat kam boʻlgan joylarda.

 

 

Biroq, Geyer bu ssenariyning real boʻlish ehtimoli shubhali ekanligini taʼkidlagan.

 

“Odamlar pulni passiv ravishda olib, oʻzlari investitsiya qarorlarini qabul qilmasalar, moliyaviy bilimlarni qanday yaxshilashlari aniq emas. Faqatgina investitsiya qarorlari bilan ʻaloqadaʻ boʻlish yaxshi tanlovlarga olib kelavermaydi”, — degan u CNBCga.