Imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga qayta imtihondan oʻtish huquqi beriladi (mi)?

Imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga qayta imtihondan oʻtish huquqi beriladi (mi)?

“Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomning 35-bandiga muvofiq, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.

 

 

– Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

 

 

– Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. (“Qoniqarsiz” baho olgan hisoblanadi)

 

 

– Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.