Qashqadaryoda haydovchi Damasda 17 nafar bog‘cha bolalarini tashidi (video)

Qashqadaryoda haydovchi Damasda 17 nafar bog‘cha bolalarini tashidi (video)

Qashqadaryo viloyatida Damas avtomobilida 17 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma‘lum qilinishicha, Chiroqchi tumanida YPX xodimi tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 17 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bolalarni uyga olib borib qo‘ying, iltimos deyishgani uchun olib ketgandim.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Qilgan ishimdan pushaymonman.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hurmatli yurtdoshlar, ehtiyot bo‘linglar.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting”, deydi haydovchi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Qoidalarga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠