Xabaringiz bor, 27-may kuni yurtimizning barcha umumtaʼlim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili fani (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.
Bitiruv imtihonlari (jismoniy tarbiya fanidan tashqari) 2025-yil 27-maydan 10-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.
