Pedagogika sohasida Buyuk Britaniya OTM lari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

Pedagogika sohasida Buyuk Britaniya OTM lari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Londonda “O‘zbekiston – Buyuk Britaniya ta’lim forumi” o‘tkazildi. Bu haqda yuz.uz xabar berdi.

 

 

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya kengashi, Buyuk Britaniyaning elchixonasi, Westminster universiteti, Londondagi Saut-Benk universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Westminster universiteti hamda TEAM universiteti hamkorligida tashkil qilingan.

 

 

Forumda ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari, transmilliy ta’lim imkoniyatlari va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari muhokama qilingan. Shu bilan birga, oliy ta’lim siyosati va amaliyotidagi hamkorlik masalalari ham diqqat markazida bo‘lgan.

 

Pedagogika sohasida Buyuk Britaniya OTM lari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

 

Ikki kunlik dasturni oʻz ichiga olgan forumning birinchi kuni Saut-Benk universitetida oʻtkazilgan boʻlsa, ikkinchi kuni Westminster universitetida boʻlib oʻtgan.

 

 

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

 

Forum yakunida Norvich til o‘qitish instituti rektori Tom Kidl bilan hamkorlik memorandumiga imzolandi. Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovka va malaka oshirish, ilmiy dastur va loyihalar, shuningdek talabalar almashinuvi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, — deyiladi Urganch davlat pedagogika instituti axborot xizmati xabarida.