2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalarida dars jarayonlari yakunlanayotganligi munosabati bilan ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqariladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining Toshkent shahar, viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi
boshqarmalari boshliqlariga pedagog xodimlarni 2025-yil uchun uzaytirilgan mehnat ta’tiliga chiqarish bo’yicha ko’rsatma xati yuboriladi.
Xatga ko’ra, boshqa boshliqlariga quyidagilarni bajarish vazifasi yuklatilgan:
– xodimlarga har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillar berilishini xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘larga mutanosib ravishda reja-jadvali asosida (navbat bilan) ta’minlash hamda belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
– mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari jamlanganda ularning davomiyligini belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligini ta’minlash;
– mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajini, uning davomiyligini ishlab bergan vaqtda mutanosib ravishda hisoblashda, shuningdek uni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirishda amaldagi qonunchilik talabari asosida amalga oshirish;
– har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yilidagi o‘qituvchilarga har yilgi mehnat ta’tili yozgi ta’til davrida to‘liq davomiylikda va ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda berilishini;– xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishda aniq sabablari keltirilmagan holatlarga chek qo‘yish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.
Bu borada ta’lim tashkilotlarining yillik asosiy mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda sun’iy ravishda mablag‘larning yetishmovchiligi(defitsit)ni, shu orqali xodimlarning noroziiklarini keltirib chiqarmaslik hamda ushbu holatlar vujudga kelgan taqdirda chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylardagi birinchi rahbarlar shaxsan javobgar ekanligini eslatib o‘tgan holda, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan holatlarda hududlardagi rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi haqida ogohlantiriladi.
