Oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni so‘nggi 10 yilda 2,7 barobarga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichni 2015/2016-o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
— 2015/2016- o‘quv yili boshiga – 263,9 ming nafar;
— 2016/2017- o‘quv yili boshiga – 267,9 ming nafar;
— 2017/2018- o‘quv yili boshiga – 287,5 ming nafar;
— 2018/2019- o‘quv yili boshiga – 313 ming nafar;
— 2019/2020- o‘quv yili boshiga – 360,1 ming nafar;
— 2020/2021- o‘quv yili boshiga – 441,8 ming nafar;
— 2021/2022- o‘quv yili boshiga – 553,9 ming nafar;
— 2022/2023- o‘quv yili boshiga – 622,6 ming nafar;
— 2023/2024- o‘quv yili boshiga – 661,8 ming nafar;
— 2024/2025- o‘quv yili boshiga – 707,3 ming nafarni tashkil etgan.
