Namanganda maktab o‘quvchisi AQSH oliygohida o‘qish uchun 120 foizlik grant sohibi bo‘ldi (video)

Namanganda maktab o‘quvchisi AQSH oliygohida o‘qish uchun 120 foizlik grant sohibi bo‘ldi (video)

Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o’quvchisi A’zamjon Shamsiddinov AQSH dagi nufuzli oliygohida o’qish uchun 120 foizlik grantni qo’lga kiritdi. Bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

 

 

U AQSH ning Texas State University ga 120 foizlik grant bilan o’qishga qabul qilingan.

 

 

Avvalroq, u IELTS imtihonidan 7.0 ball hamda SAT dan 1220 ball olgan.