Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish tartibi ishlab chiqiladi

Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish tartibi ishlab chiqiladi

2025-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu qaror raqamli sohada xavfsizlikni ta’minlashda muhim hujjat bo‘lib, unda voyaga yetmaganlarning moliyaviy faoliyatiga oid yangi tartiblarni joriy etishni nazarda tutuvchi bandlar ham mavjud.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qarorga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning bank tizimida ishtirokini tartibga soluvchi quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochish bo‘yicha tegishli talablarni ishlab chiqib, amaliyotda joriy etiladi;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur qaror raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlarda voyaga yetmaganlarning ishtirokini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan muhim tashabbusdir.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unda belgilangan chora-tadbirlar voyaga yetmaganlarni kiberjinoyatlardan himoya qilish, ota-onalarning mas’uliyatini oshirish hamda bank tizimidagi shaffoflik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠