Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 287-sonli umumta’lim maktabi 11-“A” sinf o’quvchisi Abror Boltayev muddatidan avval talaba bo’lishga musharraf bo’ldi. Bu haqda Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati xabar berdi.
Abror Boltayev Wingate University, North Carolina (AQSh) universitetiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib talaba bo’lish huquqini qo’lga kiritdi. Shuningdek, u 27 ming AQSH dollari miqdorida grant sohibi bo’ldi.
