O‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi attestatsiyada 92 ballga ega bo‘ldi

O‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi attestatsiyada 92 ballga ega bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 7-sonli maktabning o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Yulduz Shamuratova attestatsiyada 92 ballga ega bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

 

 

Avvalroq, Toshkent shahar Olmazor tumani Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o’qituvchisi Surayyo Mansurova attestatsiya jarayonida 90 ball bilan oliy malaka toifasini yangilagan edi.