Bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi.
Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2025-yil 21–25-aprel kunlari attestatsiyadan oʻtkazilаdi.
Pedagog kadrlarini test sinovlaridan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari test shaklida tashkil etiladi hamda test sinovlari markazlashgan holda kompyuterlarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi;
– Test sinovlarini tashkil etish, oʻtkazish va nazorat qilish quyidagi yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi – Yo’riqnoma
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
2025-yil 15-aprelga qadar pedagog kadrlarga test sinovlarida ishtirok etishlari uchun ruxsatnomani pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Test sinovi jarayonlarini test sinovlari oʻtkaziladigan muassasalarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn translyatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Test sinovlari onlayn test sinovlari platformasi (test.bimm.uz) orqali oʻtkaziladi.
