Savol: Toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasini umrbod saqlash uchun ariza yuborganda pedagog.uzedu.uz tizimida pedagogning ish staji asliga qaraganda kam ko’rinsa, bu holatda nima qilish kerak?
Javob: Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka toifalari olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishda joriy etilgan pedagog.uzedu.uz platformasi bir qancha elektron tizimlar bilan integratsiya qilingan hamda pedagoglar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shu tizimlardan avtomatik tarzda olinadi.
Jumladan, pedagoglarning ish faoliyati bilan bogʻiliq maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) — my.mehnat.uz saytidan olinadi. Yuqoridagi savol holatga oʻxshash vaziyatlarda quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Birinchi qadam: taʼlim tashkilotida pedagoglarning ish faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) — my.mehnat.uz -saytiga kiritishga masʼul boʻlgan shaxs (kadrlar boʻyicha menenjer yoki shu masalaga masʼul qilib biriktirilgan direktor oʻrinbosari va h.k.z) tomonidan maʼlumotlar toʻliq va toʻgʻri kiritilganligi tekshirib koʻriladi.
Ikkinchi qadam: – pedagog tomonidan ONE ID tizimi orqali pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetga kiriladi va “pedagog maʼlumotlarini yangilash” tugmachasi bosiladi.
Shu orqali ma’lumotlarni yangilash va xato bartaraf etish mumkin.

