Ta’lim tashkiloti hududida tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

Ta’lim tashkiloti hududida tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgust kunidagi 282-sonli buyrug’iga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

 

 

Bundan tashqari:

 

– darsda «naushnik» ishlatish;

 

– taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;

 

– boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

 

 

Qanday jazo bor?

 

Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.