Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi sanatoriylar uchun 2025-yilga moʻljallangan yoʻllanmalar narxi e’lon qilindi. Bu haqida Kasprouz kanali xabar bermoqda.
Eng arzon yoʻllanma — Samarqand viloyatidagi «Abu Ali ibn Sino« sanatoriysi (kardiologiya va harakat-tayanch nevrologiyasiga ixtisoslashgan). Bu yerda 3 oʻrinli 1 xonali standart xonada 12 kun dam olish 3 mln 185 ming soʻm.
Eng qimmat yoʻllanma — Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi «Sevarsoy« sanatoriysi (nafas olish organlari va nevrologiyaga ixtisoslashgan). 2 kishilik lyuks xonada 10 kun dam olish 23 mln 80 ming soʻm.
Barcha yoʻllanmalar quyidagi xizmatlarni oʻz ichiga oladi:
– uch mahal ovqatlanish;
– yashash;
– sogʻlomlashtirish muolajalari;
– madaniy tadbirlar.





