9 yoshli o‘quvchiga shilqimlik qilgan rassomchilik o‘qituvchisi 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi

9 yoshli o‘quvchiga shilqimlik qilgan rassomchilik o‘qituvchisi 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi

Avvalroq, 9 yoshli qizaloqning onasining murojaati e’lon qilingan edi, unda u xususiy rassomlik to‘garaklaridan birida 2000-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi rassomchilik mashg’ulotlari vaqtida voyaga yetmagan o‘quvchiga tegajog’lik qilgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Jabrlanuvchi onasining murojaatiga ko’ra, O’zR MJtK 41-1 (Shahvoniy shilqimlik) moddasi bilan ma’muriy ish qo’zg’atilib, ish sudga topshirildi.

 

 

2025-yilning 3-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida mazkur ish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Sud majlisida Nemolchi.uz vakili ham ishtirok etib, sud majlisining ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi:

 

— Ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud majlisida birinchi marta ishtirok etishim edi, lekin bu maʼnaviy jihatdan qiyin boʻlganini tasavvur ham qila olmasdim. Avval jabrlanuvchining onasi so‘zga chiqdi, so‘ngra so‘z aybdorga berildi. Avvaliga u sudning ko‘plab savollariga javob bermay jim turdi, so‘ng qilgan ishini tan olib, qilgan harakatlari haqida gapira boshladi. Ish tafsilotlarini eshitish eng qiyin va yoqimsiz edi. Ichki kechinmalarimni so’z bilan tasvirlab bera olmayman. Jabrlanuvchining yaqinlarini tasavvur qiling, ular chuqur qayg’uda edi.

 

 

Sud ishning holatlari va taraflarning ko‘rsatmalarini tinglab, ayblanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

 

 

Qaror e’lon qilinganidan so‘ng, u suddan yengillik so‘ragan. Biroq sud uning iltimosini inobatga olmagan. O’z navbatida Yakkasaroy tuman prokuraturasining vakili jabrlanuvchining ota-onasiga ushbu qaror ustidan shikoyat kiritish va prokuror protesti kiritishini bildirgan.