Pedagog kadrlari attestatsiyadan o’tkazish to’g’risidagi nizomning 6-bandiga ko’ra, pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugashidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha ularga haq to‘lanishi belgilangan edi.
Endilikda pensiya yoshiga to’lgan pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilishi belgilangan. Bu tartib 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA da bo’lib o’tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Eslatma! Ushbu joriy yil 1-sentyabrgacha olingan toifalar umrbod amal qiladi.
Attestatsiya va Vazir jamgʻarmasiga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O’zbek tilida: https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: https://t.me/uztdi_qrtestbot
