Qariyb har 60 nafar o‘quvchidan bittasi xususiy maktabda ta’lim oladi – statistika

Qariyb har 60 nafar o‘quvchidan bittasi xususiy maktabda ta’lim oladi – statistika

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida barcha o‘qitish tillari bo‘yicha jami o‘quvchilar soni 6476091 nafarni tashkil etgan. Shulardan qariyb har 60 nafar o‘quvchidan bittasi xususiy maktabda ta’lim oladi.

Qariyb har 60 nafar o‘quvchidan bittasi xususiy maktabda ta'lim oladi – statistika

 

 

Statistika agentligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-2025-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 112 093 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

 

Ushbu koʻrsatkich 2018-2019 oʻquv yili boshiga nisbatan, ya’ni  7 ichida  deyarli 10 barobarga yoki 98 324 nafarga koʻpaygan.

 

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769nafar

— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar

— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970nafar

— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar

— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar

— 2023/2024-oʻquv yili boshiga – 64 010 nafar

— 2024/2025-oʻquv yili boshiga – 112 093 nafar