Majburiy attestatsiyalar orasidagi muddat besh yildan kam boʻlmasligi kerak

Majburiy attestatsiyalar orasidagi muddat besh yildan kam boʻlmasligi kerak

Savol: Mening amaldagi toifam mutaxassis toifasi edi. 2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyada 56 ball oldim. Mening shaxsiy kabinetimga “attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan”- degan qaror ham keldi. Menga maktab direktori 2025-yil bahorgi attestatsiyada “attestatsiyaning navbatdagi-majburiy turi boʻyicha qatnashasan”- deyapti. Shu toʻgʻrimi?

 

Javob: Bu notoʻgʻri. Nizomning 4-bandida:

 

Pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

 

Pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.

 

 

Navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra amaldagi malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan, saqlangan yoki tushirilgan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra amaldagi malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan so‘ng jalb etiladi.

 

 

Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

56 ball bu – amaldagi toifasi mutaxassis boʻlganlar uchun ijobiy koʻrsatkich hisoblanadi. Endi Siz uchun navbatdagi majburiy attestatsiya 2029-yilda boʻladi. 2029-yilga qadar esa oʻz ixtiyoringizga koʻra navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishingiz mumkin.