2024-yil 29-oktyabrdan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun malaka (test) sinovlari qaysi manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida Talimxabarlari.uz saytida xabar berilgan edi.
Avvalroq, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari hamda 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiya imtihonlari bo’lib o’tishi haqida ma’lumot berilgan
Quyidagi roʻyxatlar orqali esa, 1-4-noyabr kunlari mazkur sinovlarda viloyatlar bo’ylab qaysi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etishlarini bilib olish mumkin:
Eslatma! Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglar attestatsiya sinovlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va
murojaat yuborishda toʻldirilgan so’rovnoma bilan oʻzlari uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib borishlari kerak.
