Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024) qabul qilindi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko‘ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– kompetensiyalarni baholash natijalari asosida  rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠