Pedagog kasbiga qiziqqan o‘quvchilar uchun alohida sinflar tashkil etildi – Prezident

Pedagog kasbiga qiziqqan o‘quvchilar uchun alohida sinflar tashkil etildi – Prezident

Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kelgusi o‘quv yilidan yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan o‘quvchilar shu yo‘nalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars o‘tgani uchun oylik ham to‘lanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezidentimiz pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠