Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas(mi?)  - Ta’lim xabarlari
Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas(mi?) 

Dars qilmay keladigan, maktab ichki tartib-qoidalarini buzadigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas, bu haqda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i ta’lim-tarbiyasi muammoli bolalar bilan qanday ishlash haqidagi xabarida ma’lumot bergan.

 

 

O‘qituvchi dars tayyorlab kelmaydigan, maktab ichki tartib-qoidasini buzadigan o‘quvchilarni jazolashi mumkin emas. Biroq uning holatini bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama qilishi mumkin. Agar o‘quvchi o‘zgarmasa, u maktabning ichki ro‘yxatiga kiritiladi.

 

 

Shaxs voyaga yetgunga qadar uning xatti-harakatlari uchun ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar javobgar bo‘ladi. O‘quvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jazo chorasini qo‘llash qonunan mumkin emas.

 

 

Albatta, agar o‘quvchi darsga tayyorlanib kelmasa, uni muhokama qilish uchun dars vaqti kamlik qiladi, o‘quvchilar soni esa ko‘p. Ana shunday holatda o‘quvchiga nisbatan qanday yo‘l tutish kerakligi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da belgilangan.

 

 

Darsga tayyorlanib kelmagan o‘quvchining sinf rahbari orqali ota-onasini xabardor qilish kerak. Hozir maktablarda Kundalik.com platformasi ham ishlayapti. Bu platformaga ma’lumot kiritish orqali ham o‘quvchi dars qilib kelmagani haqida ota-onani xabardor qilish mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры