Hozirgacha qancha oʻzbekistonlik milliy sertifikatga ega boʻldi? - Ta’lim xabarlari
Hozirgacha qancha oʻzbekistonlik milliy sertifikatga ega boʻldi?

2024-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, my.gov.uz portalidagi “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Ariza topshirganlarning 37 116 nafari sertifikat olishga muvaffaq boʻlgan.

 

Eng koʻp ariza topshirilgan fanlar orasida Oʻzbek tili va adabiyoti 17 316 ta ariza bilan birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarni kimyo (13 446 ta ariza) va matematika (8 272 ta ariza) fanlari egalladi.

 

Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Fargʻona (8 034 ta ariza, 5216 ta sertifikat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) turibdi.

 

Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi hamda sertifikat olgan talabgorlarning davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanlardan ozod qilinishi bilan bogʻliq.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры