O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

2024-yilning 23-26-sentyabr kunlari Italiyaning Assizi shahrida «Global Hippo Association» tashkiloti tomonidan tashkil etilgan 12-Xalqaro ingliz tili olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu nufuzli tanlovda O‘zbekistondan ham o‘quvchilar qatnashib, o‘z bilimlarini namoyish etishdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tanlovning saralash bosqichlarida 63 davlatdan 88 mingdan ortiq o‘quvchilar qatnashgan bo‘lsa, O‘zbekistondan 4,5 ming maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Surxondaryolik 7-sinf o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev «Hippo-2» guruhida xalqaro olimpiadaning faxrli 3-o‘rnini qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarni xalqaro ingliz tili sertifikati, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘quvchilar va ularning ustozlariga O‘zbekiston elchixonasi nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etish joizki, 2025-yilda ushbu xalqaro ingliz tili olimpiadasining Yevropa bosqichi Venetsiya shahrida, Osiyo bosqichi Samarqand shahrida, yakuniy bosqichi esa Sitsiliya orolida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠