Prezident Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi

Davlatimiz rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.

Professional taʼlim uchun masʼul idoralar koʻpayib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarur.

Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boʻyicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy taʼlimda keskin oʻzgarish qilish vazifasi qoʻyildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры