“Birinchisi yolg‘on, ikkinchisi safsata” – huquqshunos Bilim va malakalarni baholash agentligi bayonotini qonunga zid deb baholadi - Ta’lim xabarlari
“Birinchisi yolg‘on, ikkinchisi safsata” – huquqshunos Bilim va malakalarni baholash agentligi bayonotini qonunga zid deb baholadi

So‘nggi paytlarda kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarining ayrimlariga ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar bildirilmoqda.

 

Mazkur masala bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan munosabat bildirildi. Bayonot mazmuniga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha shakllantiriladigan test topshiriqlari butun hujjat asosida emas, balki o‘quv dasturida keltirilgan qismidan tuzilgan. Shunga ko‘ra, huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda ham amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmaganligi ta’kidlangan.

 

Mazkur bayonotga javoban, huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z munosabatini bildirdi.

 

“Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan:

 

1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON;

 

2) savollarimiz “chyotkiy”, hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA”, deydi u o‘z munosabatida.

 

Ta’kidlanishicha, kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxatida huquqshunoslik fani bo‘yicha “O’zbekiston davlati va huquq asoslari” (8-sinf), “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” (9-sinf) “Davlat va huquq asoslari” (10-11-sinflar) darsliklari hamda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi keltirilgan.

 

“Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q.

 

Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani.

 

Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani”, – deya o‘z fikrini davom ettirgan.

 

Shundan kelib chiqib, Xushnudbek Xudoyberdiyev agentlikning bu ishi “huquqiy asosga ega emas”ligini va “bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak”ligini ta’kidlagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры