Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas(mi?) 

Dars qilmay keladigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas(mi?) 

Dars qilmay keladigan, maktab ichki tartib-qoidalarini buzadigan o‘quvchilarni jazolash mumkin emas, bu haqda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i ta’lim-tarbiyasi muammoli bolalar bilan qanday ishlash haqidagi xabarida ma’lumot bergan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchi dars tayyorlab kelmaydigan, maktab ichki tartib-qoidasini buzadigan o‘quvchilarni jazolashi mumkin emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq uning holatini bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama qilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar o‘quvchi o‘zgarmasa, u maktabning ichki ro‘yxatiga kiritiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shaxs voyaga yetgunga qadar uning xatti-harakatlari uchun ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar javobgar bo‘ladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘quvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jazo chorasini qo‘llash qonunan mumkin emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Albatta, agar o‘quvchi darsga tayyorlanib kelmasa, uni muhokama qilish uchun dars vaqti kamlik qiladi, o‘quvchilar soni esa ko‘p.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ana shunday holatda o‘quvchiga nisbatan qanday yo‘l tutish kerakligi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»da belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Darsga tayyorlanib kelmagan o‘quvchining sinf rahbari orqali ota-onasini xabardor qilish kerak.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozir maktablarda Kundalik.com platformasi ham ishlayapti.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu platformaga ma’lumot kiritish orqali ham o‘quvchi dars qilib kelmagani haqida ota-onani xabardor qilish mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠