Farzandi xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qiydigan ota-onalarda soliq imtiyozi mavjudmi?

Farzandi xususiy bog‘cha va maktablarda  o‘qiydigan ota-onalarda soliq imtiyozi mavjudmi?

Prezident qaroriga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan bo‘lishlari kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, oyiga 3 mln so‘mdan xususiy maktabga to‘lov qilinayotgan bo‘lsa, yiliga jami 36 mln so‘m bo‘ladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yil tugagach, barcha 12 oylik to‘lovlarni tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topshiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Soliq organi esa ushbu summadan 12%lik daromad solig‘ini, ya’ni 4 mln 320 ming so‘mni sizga qaytarib beradi (adashmasam, plastikka tushirish orqali).⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar farzandi uchun xususiy bog‘cha yoki maktabga ishxonasi orqali pul o‘tkazadigan ota-onalar bo‘lsa, unda korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha ariza berishlari kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biroz avval OTMlarga to’langan kontraktning 12 foiz miqdorini qaytarib olish mumkinligi haqida ham xabar qilgan edik.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠