Ba’zi kollej binolari maktablarga aylantiriladi

Ba’zi kollej binolari maktablarga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠