So'nggi yangiliklar - Ta’lim xabarlari

So’nggi yangiliklar

Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo‘llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog’i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.   Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: – homilador ayollar; –
Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo‘llash mumkinmi?
Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi

Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi.   Farmonga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda: – chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi; – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy […]

Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi.   2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.   Mazkur maktablarda:   – oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi; – oʻquvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish […]

Malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot rad qilindi

Malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumot rad qilindi

Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatilmoqda.   Vazirlik mutasaddilarning ma’lum qilishicha, bu sanalar hozircha rasman tasdiqlanmagan.   Yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan test sinovlarining oʻtkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali maʼlum qilinadi.

Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi

Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan. Abdulaziz Sobirov IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball sohibidir. Shuningdek, u “Zakovat […]

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.   Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.   TALIS – Oʻqitish […]

Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan.   Unga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik […]

Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda

Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif qilindi.   Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev oldida qilingan maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimotida ma’lum qildi.   Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi.   […]

6-sinf o’quvchisi IELTSdan 7 ballni qo’lga kiritdi

6-sinf o’quvchisi IELTSdan 7 ballni qo’lga kiritdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS  sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi. U to’rt yildirki, u darslarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o’rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Iqtidorli o’quvchining yutug’idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab […]

Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?

Umumta’lim maktablari o’qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta’lim muassasalari o’qituvchining sinf rahbarligi uchun qo’shimcha haq to’lovlari nazarda tutilgan.   Unga ko’ra mazkur to’lovlar sinfdagi o’quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.   Ya’ni   15 nafar o’quvchiga […]

Qanday holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin?

Qanday holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.   Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi […]

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi va muddatlari tasdiqlandi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi va muddatlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:   umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;   xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.   Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:   Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;   Davlat tili fani […]

Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.   Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda  real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.   Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.   Test sinovlarini bajarish uchun:   matematika, informatika […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz