Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi - Ta’lim xabarlari
Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

– chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi;

– matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

 

Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.

 

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda toʻlanadi:

– Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro taʼlim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni oʻqitish boʻyicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

– Prezident maktablarida kamida 1-yillik ish stajiga va chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры