Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari qayerlarda ishlashlari mumkin?

Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari qayerlarda ishlashlari mumkin?

Pedagogika va psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

 

Ushbu yo’nalishni tamomlagach quyidagi o‘rinlarda ishlashlari mumkin:

 

Pedagog-psixolog: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagog-psixolog va ijtimoiy pedagog bo‘lib ishlash;

O‘qituvchilik: akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash;

Tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash;

O‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash,

Kichik ilmiy xodim: ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlash mumkin.