Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi - Ta’lim xabarlari
Akademiklar ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 

Mazkur maktablarda:

 

– oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi;

– oʻquvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish masalalarida koʻmak koʻrsatiladi;

– oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etiladi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar bilan tanishtiriladi;

– oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi.

 

Har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры