Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi - Ta’lim xabarlari
Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universitetiga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan.

Abdulaziz Sobirov IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball sohibidir. Shuningdek, u “Zakovat O‘quvchilar Ligasi” 2022-2023-mavsumi mutlaq g‘olibi – “Et Cetera” jamoasi a’zosi.

Qolaversa, Abdulaziz “Vice-head of the United students” vitse-prezidenti hamda “PSAD” klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Maʻlumot uchun, Garvard universitetida Jon Kennedi, Jorj Bush, Barak Obama, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Robert Oppengeymer, Teodor Ruzvelt, Benazir Bhutto singari mashhur shaxslar tahsil olgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры