O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan.

 

Pedagog va xodimlarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

 

–jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish;

 

–o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

 

–“Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

 

–dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

 

–ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish;

 

–ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

 

–muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

 

–ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish.

 

Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘quvchilarni darsdan sababsiz chiqarib yuborish yoki darsga sababsiz kiritmaslik mumkin emas.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры